Kimmix va Tuxel o‘rtasida katta mojaro kelib chiqdi

  • 19 fevral, 2024, 20:05
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozua Kimmix yozda "Bavariya"ni tark etadi. 

Kecha "Boxum"ga qarshi mag‘lubiyatga uchralgan o‘yinning (2:3) 63-daqiqasida Kimmix Tomas Tuxel yordamchisi Jyolt Lyov bilan keskin bahsga kirishgani ma’lum bo‘ldi. 

"Bild" xabariga ko‘ra, yarim himoyachi va murabbiy o‘rtasidagi munosabatlar buzilgan. Futbolchi o‘zini e’tiborsiz qolayotganini o‘tgan yozda "Bavariya" yangi yarim himoyachi qidira boshlaganidan his qila boshladi. 

Qayd etilishicha, Yulian Nagelsmann qo‘l ostida Kimmix maydonda bosh murabbiy yordamchisi vazifasini bajargan, ammo Tuxel kelishi bilan bu maqomni yo‘qotgan. Endi Yozua Myunxen klubini tark etish haqida o‘ylayapti. 




Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!