Ketadiganlar aniq! “Real”da katta tozalash bo‘ladi

  • 22 fevral, 2022, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Marca nashrining xabar berishicha, mavsum yakunlanishi bilan “Real” rahbariyati xayrlashishga qaror qilgan bir guruh futbolchilar nomini e’lon qildi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” yozda shartnomasi yakunlanadigan hujumkor futbolchi Garet Beyl, himoyachi Marselo, yarim himoyachi Iskoga yangi bitim taklif etmaydigan bo‘ldi.

Shuningdek, madridliklar Eden Azar va Marko Asensioga bo‘ladigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Keyingi bosqichda jamoa himoyachi Xesus Valexo, yarim himoyachi Dani Sebalos va hujumchi Mariano Dias masalasi hal qilinadi.

Klub rahbariyati bo‘lajak transferdan keladigan mablag‘ va ketadigan futbolchilardan tejaladigan maoshni Kilian Mbappe va Erling Xoland transferiga yo‘naltiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!