Kerjakov legionerimizni bejizga chaqirmagan! Yangi klubida kim yordam beryapti? Nimadan ajablandi? Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning "Nijniy Novgorod"dagi hayoti haqida

  • 25 sentabr, 2021, 23:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Rossiyaning “Nijniy Novgorod” jamoasi a’zosi aylangan hamyurtimiz Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning u erdagi faoliyatini ham endi diqqat bilan kuazatib borayotganlar ko‘p.

Tecno

“Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi birinchi marta legioner sifatida Rossiya maydonlarida to‘p suryapti. Sports.uz muxbiri ushbu futbolchimizning yangi klubidagi hayoti, chempionatga ko‘nikishi qanday kechayotgani xususida suhbatlashdi.  

- Ibrohimxalil, avvalo sizga “Nijniy Novgorod” klubidagi faoliyatingizda omad va muvaffaqiyat tilaymiz. Bilamizki, mazkur klubga ko‘chib o‘tishingiz yuzasidan bildirgan fikrlaringiz matbuotda chop etildi. Siz bilan oxirgi bor suhbatlashganimizda aslida Evropaga ketishingiz kutilayotgandi. Keyinchalik voqealar rivoji o‘zgarib, manzilingiz Italiyaga emas, balki Rossiyaga qaratilgani rejalaringizni ham o‘zgartirib yubordimi yoki barchasi shunday kechishiga tayyormidingiz?

- To‘g‘ri, chindan ham menga birinchi bo‘lib italiyaliklar chiqishgandi. Rossiya varianti yo‘q edi. Keyinchalik Aleksandr Kerjakov mening o‘yinlarimni ko‘rgan. Xorijga ketishga tayyor turgandim. Albatta, yuz bergan voqealar rejamni o‘zgartirdi, desa ham bo‘ladi. Rossiyaliklar varianti juda tez paydo bo‘ldi. Men ham ularga o‘z roziligimni berdim. Rossiya orqali Evropaning kuchli chempionatlaridan biriga ketmoqchiman.

ibroxim5

- Yangi jamoaga moslashishingiz qanday o‘tyapti? Bu borada sizga aynan kimlar yaqindan ko‘maklashyapti?

- Yangi klubimga moslashuvim yaxshi. O‘zingiz bilsangiz kerak, bu borada menga Faxriddin aka Isamuhammedov yordam beryapti. Xudo xohlasa, bu erda bir oy davomida men bilan bo‘ladi. Qiyin emas, keyinchalik o‘zim eplab ketaman, deb o‘ylayman.

- “Nijniy Novgorod”dagi ilk kuningiz qanday o‘tgandi? Hayajonga qattiq berilganmisiz?

- Ilk kunimga kelsak, to‘g‘ri, u erga borgan paytimda hayajon bo‘ldi. Chunki men birinchi marta legionerga aylangandim. Birinchi o‘yindan murabbiy menga ishondi va asosiy tarkibda tushirdi. Bundan keyin yanada yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilaman. Boshida hayajon bo‘lgani uchun kirishib ketishda biroz tushunmovchiliklar ham bo‘ldi.

ibroxim1

- Klub bosh murabbiyi taniqli sobiq futbolchi Kerjakov! U bilan birinchi suhbatingiz qanday o‘tgani biz uchun qiziq. Umuman olganda, u murabbiy sifatida sizda qanday taassurot qoldiryapti?

- “Nijniy Novgorod”ga kelganimdan keyin birinchi mashg‘ulotimizdan oldin bosh murabbiyning xonasiga kirdim. Kerjakov menga keldingmi, tayyormisan, dedi. So‘ngra, o‘yindan keyin gaplashdik. O‘z ustimda ishlashim bo‘yicha tavsiyalar berdi va umumiy ma’noda yaxshi fikr aytdi.

- Hozirga kelib jamoada yaqin do‘st topa oldingizmi? Masalan, xonadoshingiz kim? Klub bazasida yashayapsizmi yoki sizga alohida uy berishganmi?

- Jamoada hamma bilan yaqinman. Ammo bitta ajralib turadigani bor, u mening qo‘shnim. U bilan mashg‘ulotlarga ham birga borib kelamiz. Klub menga uy bergan. “Nijniy Novgorod”da mendan tashqari yana bir musulmon futbolchi bor. U Timur Sulaymonov. U bilan ham yaqin munosabatdaman, namozni ham birga o‘qiymiz.

ibroxim4

- U erdagi futbolsiz oddiy kuningiz qanday o‘tyapti? Zerikmayapsizmi?

- O‘zbekistonda mashg‘ulotlar odatda kunning ikkinchi yarmida bo‘ladi. Bu erda ertalab bo‘lar ekan. Masalan, 11 lar atrofida boshlansa, 1-2 largacha klubda bo‘laman. Undan keyin dam olaman. Keyin kechki sayrga chiqishim mumkin.

- “Nijniy Novgorod”da ham 6-raqamda to‘p suryapsiz. Bu raqam aslida bo‘sh turganmidi, u erda? "Paxtakor"da ham, terma jamoada ham sizni shu raqamda ko‘ramiz. 6-raqamni siz uchun qanday muhimlik jihati bor?

- Bu erga kelganimda mendan qaysi raqamda to‘p surishimni so‘radilar. Qarasam, 6-raqam bo‘sh turgan ekan. Buning menga qanday ahamiyati bor? Oldindan, hatto akademiyada o‘qib yurgan paytlarimdanoq shu raqamda to‘p surardim. Shudan beri 6 men uchun qadrli bo‘lib qolgan.

ibroxim3

- Rossiya futbolida jismoniy kuchga ko‘proq tayaniladi va yakkakurashlar jiddiy kechadi. O‘zbekiston chempionatidan ko‘chib o‘tgan futbolchi sifatida, qolaversa, ilk bor Rossiyadek chempionatga yo‘l olganingizni inobatga olsak, prem’er-liga o‘yinlariga moslashishda qiyinchiliklar sezilyaptimi?

- To‘g‘ri, Rossiya chempionati kuchli. Yakkakurashlarda ham raqobat kuchli. O‘yinlar davomida jismoniy tayyorgarlikka ham katta kuch sarflanadi. Qiyinchiliklar...Hammasi futbolchining o‘ziga bog‘liq. Jismoniy tarafdan tayyor bo‘lsangiz, o‘yinlarga oson kirishib ketasiz. Agar jismoniy tomondan muammolar bo‘lsa, u holda qiyinchilik bo‘ladi.

- Yangi klubingizda sizni yoqimli ma’noda nima ajablantirdi?

- Klubda nima ajablantirdi? U qadar ajablantiradigan holat bo‘lmadi, biroq men uchun yangilik bo‘lgani shundaki, har bir mashg‘ulotdan oldin futbolchilar trenajyor zalida musiqa sadolari ostida ishlashadi va bu juda quvnoq kechadi. Hamma bir-biri bilan kulishib, iliq munosabatda ishlashadi.

ibroxim2

- Har bir klubning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va rejalari bor. “Nijniy Novgorod”ning asosiy vazifasi qanday va shu bilan birga futbolchi sifatida bu klubda qancha vaqt qolmoqchisiz?

- Klubning rejalari bitta: prem’er-ligada birinchi o‘rinni egallash. Jamoa bilan shartnomam bir yilga tuzilgan. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.

- Siz bevosita milliy terma jamoamizning ham a’zosisiz. Ayting-chi, yangi bosh murabbiy Srechko Katanetsning ilk yig‘inida qatnashdingiz va uni qanday murabbiy, deb ayta olasiz?

- Srechko Katanetsning birinchi yig‘ini yaxshi o‘tdi. Unda boshqa murabbiylarga nisbatan ko‘rgan eng yaxshi jihat shu bo‘ldiki, tartib-intizomi juda kuchli ekan. Nafaqat maydonda, balki o‘yindan tashqarida ham tartibga qat’iy rioya qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ulugbek Nevajno
26/09/2021 13:03
Бугун Шомуродов,Абдухоликов,Сардор Рашидов клублари уйнайди анонслари Uzbekistan Legioners телеграм каналида бор силкалариям жойланган кимга кизу болса..