
Kelajakdagi yangi van Deyk! Rossiyalik murabbiyning Husanov borasidagi hazili haqiqatga aylanmoqda
Legionerimiz Sherzod Esanov to‘p tepayotgan "Akron" klubining bosh murabbiyi Zaur Tedeev o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida gapirdi.
- Mana bu aynan murabbiyning harakatlari natijasi. Men ustozim Anatoliy Ivanovich Yurevichni juda yaxshi bilaman. U Belyavskiy bilan birga bu yigitni "Energetik-BGU"ga olib kelib, uni butunlay yangi darajaga ko‘tardi, tayyorladi.
"Alaniya" murabbiyi bo‘lib ishlayotgan paytimda Husanovni birinchi marta videoda ko‘rganimda, darrov: "Kelajakdagi van Deyk o‘syapti", deb aytganman. Bu qisman hazil edi, albatta. Biroq, u menda chindan ham kuchli taassurot qoldirdi. U katta futbolchi bo‘lib etishishi mumkin, deb o‘ylagandim" - dedi rossiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli himoyachi "shaharliklar" safida olti o‘yinda maydonga tushdi va bitta golga mualliflik qildi.
Fikrlar