
Kazemiro katta gapirib qo‘ydi!
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro Angliya Premer-ligasining 2025/26 yilgi mavsumi g‘olibi kim bo‘lishini aytdi.
"Bu mavsumda "Manchester Yunayted" g‘alaba qozonadi. Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz va yakunda turnir jadvalida etakchi bo‘lamiz", - deydi braziliyalik futbolchi.
Ruben Amorim boshchiligidagi "qizil iblislar" o‘tgan mavsumni 42 ochko bilan 15-o‘rinda yakunladi. Bundan tashqari, Evropa ligasi finalida "Tottenxem"ga mag‘lub bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, mankunianliklar yangi mavsumni 17 avgust sanasida "Arsenal"ga qarshi baxs bilan boshlaydi.
Fikrlar