
"Katta dubulg‘a" musobaqasi. Nikita Rafalovich - yarim finalda!
Bugun Xitoyning Usi shahrida Katta dubulg‘a musobaqasi bahslari boshlandi.
-80kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Nikita Rafalovich chorak finalda iordaniyalik Solih El Sharabatiga qarshi dayanga chiqdi. Qiziqarli kechgan bahsda hamyurtimiz katta ustunlikka erishib g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.
Yarim finalda Nikita rossiyalik Maksim Xramtsov bilan to‘qnash keladi.
Oldinroq Rafalovich 1/8 finalda xitoylik Kim Zangni mag‘lub etgan edi.
Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar