
Katanetssiz milliy terma jamoamiz bugun yig‘inni boshlaydi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20-31 yanvar kunlari Qatarda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Ushbu yig‘in doirasida vakillarimiz Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Bugundan boshlab Qatar poytaxti Doha shahrida "oq bo‘rilar" navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi.
Bosh murabbiy Srechko Katanets salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, ushbu yig‘inda qatnasha olmaydi. Yig‘in davomida jamoamiz bilan yordamchi murabbiylar Alesh Chex hamda Vlado Radmanovich ish olib borishadi.
Fikrlar