
Karlos Vela MLSda rekord o‘rnatdi
AQShning "Los-Anjeles" klubi forvardi Karlos Vela MLSda rekord o‘rnatdi.
30 yoshli meksikalik futbolchi "Real Solt-Leyk"ga (2:0) qarshi o‘yinda gol urdi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Shu tariqa u mavsumdagi gollari sonini 24taga etkazib oldi. Bundan tashqari u 15ta golga assistentlik ham qildi.
Shu tariqa “gol+pas” tizimi bo‘yicha Vela MLSda bir mavsumda 39 ochko yig‘a olgan ilk futbolchiga aylandi. Bunga qadar eng yaxshi natija Sebastyan Jovinkoga tegishli edi. Italiyalik futbolchi 2015 yilgi mavsumda jami 38 ochko to‘plagan.
Eslatib o‘tamiz, MLSda mavsum tugashiga yana 9ta tur qolganini inobatga olsak, Velada ushbu rekordni yanata mustahkamlash imkoni bor.
Fikrlar