
Karim Benzema jahon chempionatida o‘ynay olmasligi haqida nimalar dedi?
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema jarohati sabab mundialda ishtirok eta olmasligi haqida ijtimoy tarmoqlarda post qoldirdi.
"Hayotimda hech qachon taslim bo‘lmaganman, lekin bugun doimgidek jamoa manfaati haqida o‘ylashim kerak. Terma jamoaga muvaffaqiyatli jahon kubogi o‘tkazishga yordam beradigan boshqa futbolchiga joyimni bo‘shatib beraman. Dalda berib yozayotgan barchaga rahmat", - dedi frantsiyalik forvard.
Ma’lumot uchun, Benzema chap sonidan olgan jarohati sababli jahon chempionatida qatnasha olmaydi.
Fikrlar