
Kante Benzemaning jamoadoshiga aylanishi mumkin
Kante Chelsini tark etib, Saudiya Arabistoniga yo‘l olishga tayyor. U Benzemaning jamoadoshi bo‘ladi. "Al-Ittihod" yarim himoyachini qo‘lga kiritishga yaqin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Ayni dam saudiyaliklar shartnomani yakunlash uchun Londonga etib kelgan. Bitimga ko‘ra, Kante "Al-Ittihot"da 2025-yilgacha qoladi. U yiliga 100 million evro ishlab topadigan bo‘ldi.
N'Golo mavsumni katta qismini jarohat sabab o‘tkazib yuboradi. 31 yoshli futbolchi jamoada qolishi yoki "Barsa"ga o‘tishi ham mumkin edi, lekin frantsuz Saudiya Arabistonini tanladi.
Fikrlar