Jozep Bartomeu instagramdagi sahifasini o‘chirib yubordi

  • 30 oktabr, 2020, 09:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning sobiq prezidenti Jozep Bartomeu o‘z lavozimidan iste’foga chiqqach, instagramdagi sahifasini o‘chirib yubordi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Bartomeu ko‘plab e’tirozlardan so‘ng, referendumdan oldin lavozimidan ketishga qaror qilgan edi. Avvalroq, Bartomeu ijtimoiy tarmoqlarda u va uning oilasi tahdid va haqoratlarga duch kelayotganini aytgandi.

Jozep Bartomeu "Barselona" prezidenti sifatida 2014 yilning yanvaridan 2020 yilning oktyabr oyigacha faoliyat yuritdi. “Ko‘k-anor ranglilar” uning boshchiligida jami 11 ta sovrin qo‘lga kiritdi. Shu jumladan 2014/15 yilgi mavsumda EChLda ham g‘olib bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!