Jorjino “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarga aylanishi mumkin

  • 6 iyul, 2021, 12:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Latsio” klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Jorjino “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarga aylanishi mumkinligini aytdi. Buning uchun Italiya “Evro-2020”da g‘olib chiqishi kerak.

“Agar Italiya chempion bo‘lsa, u holda Jorjino “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarga aylanadi. Uning harakatlari juda sodda ko‘rinadi, ammo buyuklik aynan shu erda. Ilgari muxlislar uni qabul qilishi qiyin bo‘lgan, ammo endi hamma ushbu futbolchini qadrlaydi”, - dedi Sarri.

Italiya - Ispaniya uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Ushbu o‘yin g‘olibi finalga yo‘l oladi va Angliya – Daniya uchrashuvi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.

Jorjino o‘tgan mavsum “Chelsi” safida UEFA Chempionlar ligasida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!