Jessi Lingard Abbosbek Fayzullaevning jamoadoshiga aylanadimi? TsSKA vakili javob berdi

  • 14 avgust, 2023, 17:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Jessi Lingard TsSKAga o‘tmaydi.

Bundan avvalroq 30 yoshli angliyalik futbolchining xizmati taklif qilingani haqida xabar berdi. Bugun “armiyachilar”ning aloqa bo‘yicha direktori Kirill Breydo bu transfer amalga oshirilmasligini ma’lum qildi.

"Jessi Lingard TsSKAga o‘tadimi? Qiyin. Balki bu masalani yopiq deb hisoblash mumkindir”, - dedi Breydo.

Eslatib o‘tamiz, Lingard joriy yil iyun oyi boshida “Nottingem Forest”ni tark etdi va hozirda erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!