"Jenoa"da Eldorga 2 ta ayol yordam beradi. Ularning biri koreys

  • 14 oktabr, 2020, 10:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov yaqinda “Rostov”dan “Jenoa”ga ko‘chib o‘tdi. Albatta, Evropa futbolida til bilish muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Eldor “Rostov”da o‘ynab yurgan chog‘larida Evropaga ketishga tayyorlandi va buning uchun rus tilida ravon gapirishni hamda ingliz tilini o‘rgandi. Ammo A Seriya klubiga o‘tgach, endi unga italyan tilini bilish ham talab etiladi.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Jenoa”da Italiyada rus oilasida tug‘ilgan Viktoriya ismli ayol faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, genuyaliklar o‘zbek, rus va italyan tilini yaxshi biladigan koreys qizni ham topdi. Ular Eldorning yangi muhitga moslashib olishiga ko‘maklashadi.

Shomurodov yangi jamoasida tezroq porlashi uchun italyan tilini ham o‘rganadi. Unga allaqachon rus tilida gapiradigan o‘qituvchi ham topib qo‘yishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Н. М.
14/10/2020 11:15
Браво
&
Abdulla Qodirov
14/10/2020 13:15
Бу болада кобилят Ибрагимовичдан кам емас калла билан яхши уйниди, удари кучли, ишлатса дриблинг хам бор, жисмоний ва рухий томонлама ишласа мухими майдонга духини кутариб тушса булди.