
“Jenoa” kashf qilgan yulduzni Ibrohimovich so‘ndirdi
“Jenoa”dagi sermahsul o‘yinidan so‘ng, “Milan”ga transfer qilingan Kshishtof Pyontek bu jamoani nega tark etgani haqida ma’lum qildi.
- “Milan”dan ketishimga Zlatan Ibrohimovich sababchi. Men ketma-ket besh-oltita uchrashuvda zaxirada o‘tirishimni tasavvur qila olmayman. Ibra tarkibdan faqat jarohat olganida chiqadi. U kelganidan keyin bir nechta uchrashuvda biror daqiqaga ham maydonga tushmadim. Menga Italiya kubogida imkon berishdi. Gol urib, golli pas oshirganimni ham inobatga olmay, zaxiraga mixlab qo‘yishdi. Sabrim chidamadi va klubdan ketishni ma’qul topdim, - dedi Kshishtof Pyontek.
Polshalik hujumchi ayni paytda Bundesligada “Gerta” sharafini himoya qilmoqda. Bu jamoada 24 ta uchrashuvda oltita gol urishga erishdi.
Fikrlar