JCh saralashi. Urugvay Peruni mag‘lub etib, JCh yo‘llanmasiga ega chiqdi

  • 25 mart, 2022, 06:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2022 Janubiy Amerika mintaqasi saralash bosqichidan o‘rin olgan Urugvay - Peru uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

O‘yindagi yagona gol Jorjian de Arraskaeta hisobiga yozib qo‘yildi. Mehmonlar raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Mazkur natijadan so‘ng Urugvay ochkolari sonini 25 taga etkazib, jadvalda 4-o‘rindan joy oldi. Shu tariqa, ular Peru bilan oradagi farqni 4 taga ko‘paytirdi.  

Peru hisobida 21 ochko mavjud bo‘lib, jamoa Urugvaydan bitta past 5-pog‘onadan o‘rin egallagan. Saralash o‘yinlarida bitta o‘yin qolgani sabab peruliklar endi Urugvayga etib olish imkoniga ega emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!