"JCh-2026" saralashi. O‘zbekiston terma jamoasi sun’iy qoplamali maydonda ham Turkmanistonni mag‘lub etdi

  • 16 noyabr, 2023, 20:52
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati saralashi 1-turidan o‘rin olgan Turkmaniston - O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Birinchi bo‘lim yakunida Turkmaniston terma jamoasining 4-raqamli futbolchisi Meylis Durdiev darvozamizning yaqin burchagini aniq nishonga olib hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda vakillarimz ketma-ket hujum uyushtirdi. 57-daqiqada termamiz sardori Eldor Shomurodovning uzatmasidan so‘ng Otabek Shukurov o‘yinda muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 77-daqiqada Shukurov dublni rasmiylashtirdi. Bu golga ham Shomurodov assistentlik qildi. Uchrashuv so‘ngida Shukurovning super pasidan keyin Shomurodov ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi - 1:3.

Shu tariqa, Katanets shogirdlari safarda ishonchli g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, "oq bo‘rilar" "CAFA Nation's Cup" turniri doirasida ham Turkmanistonni mag‘lubiyatga uchratgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
16/11/2023 23:05
Олга ок бурилар.кейинги уйинг хам омад.Эронни ютасизлар.бунга кодирсизлар.сизлар гурухда энг кучлигисизлар. Эрон - хайрон..
...