
"JCh-2026" saralashi. O‘zbekiston qiyinchilik bilan Qirg‘iz Respublikasini mag‘lubiyatga uchratdi
"JCh-2026" saralashi doirasidagi Qirg‘iz Respublikasi hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi va unda vakillarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Joel Kojo hisobni ochgan bo‘lsa, Shomurodov navbatdagi hujumning o‘zidayoq muvozanatni tikladi. 35-daqiqada Odiljon Abdurahmonov qo‘shnilarimizni hisobda olib chiqqan bo‘lsa, Alqulov tenglashtiruvchi, O‘runov esa g‘alaba golini kiritdi.
Shu tariqa, "oq bo‘rilar" ikkinchi turda ham 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar