
JCh-2022. Neymar: "Jarohat menga juda qattiq azob bermoqda"
Braziliya milliy terma jamoasi etakchisi Neymar jarohat haqida fikr bildirdi.
"MTJ libosini kiyganimda his qilgan g‘urur va muhabbatimni so‘z bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Agar Xudo menga yana bir marta tug‘ilish imkonini berganda, o‘shanda ham Braziliyani tanlardim.
Hayotimda hech narsaga osonlikcha erishmaganman, doim orzu-maqsadlarim ortidan yugurishga majbur bo‘ldim. Bugun faoliyatidagi eng og‘ir damlardan birini boshimdan o‘tkazyapman, yana Jahon chempionatida!
Men jarohat oldim, bu menga juda qattiq azob bermoqda. Lekin ishonchim komilki, qayta olaman. Chunki Vatanim, jamoadoshlarimga yordam berish uchun qo‘limdan kelgan barchasini qilaman", - deya yozib qoldirdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Fikrlar