JCh-2022. Messining penaltisini qaytara oladimi? Shchesni javob berdi

  • 27 noyabr, 2022, 19:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Polsha terma jamoasi darvozaboni Voytsex Shchesni Jahon chempionati 2-turi doirasidagi Saudiya Arabistoniga qarshi bellashuvda 11 metrlik nuqtadan berilgan zarbani qaytardi. 32 yoshli posbon jurnalistlarning bu boradagi savoliga javob qaytardi.

Tecno

- Penaltilarni to‘sishdagi siringiz nimada? "Yuventus" darvozabonlar murabbiyi Filipp bilan mashg‘ulotlarmi?

"Barcha shon-shuhratni unga berishimni istaysizmi?! Hazillashyapman, biz "Yuve"da 11 metrlik nuqtadan yo‘llanadigan zarbalarni tahlil qilyapmiz, bu ancha qo‘l kelmoqda. So‘nggi ikki yil mobaynidagi statistikam ijobiy, o‘tkazib yuborilgan gollardan ko‘ra ko‘proq penalti qaytarganman. Aytmoqchimanki, bu usul qo‘l keladi".

- Messiga qarshi chiqishga tayyormisiz?

"Jahon chempionatida dunyoning eng kuchli futbolchilariga qarshi o‘ynashingizga to‘g‘ri keladi. Saudiyalik futbolchilarga hurmat saqlagan holda shuni aytmoqchimanki, men eng zo‘rlari bilan raqobatlashmoqchiman. Messi ulardan biri. Bu katta chaqiruv".

- Nima deb o‘ylaysiz, hatto uning penaltisini ham qaytara olasizmi?

"Leoni o‘rganish qiyin, chunki u markazga ham, burchaklarga ham zarba beradi. Men tayyorman, lekin darvozamizga boshqa penalti belgilanmaydi degan umiddaman".

Polsha - Argentina uchrashuvi 30 noyabrdan 1 dekabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!