JBKA prezidenti VII etnosport forumda ishtirok etdi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy yilning 19-20 aprel kunlari Rossiyaning Sank-Peterburg shahrida "An’anaviy sport turlarini qayta tiklash" mavzusidagi VII Etnosport forumi bo‘lib o‘tdi. Butunjahon etnosport konfedratsiyasi prezidenti Najmiddin Bilol Erdog‘an va Rossiya federatsiyasi sport vaziri, Rossiya federatsiyasi olimpiya qumitasi prezidenti Mixail Degtyarevlarning  taklifiga ko‘ra mazkur  forumda jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti, hamyurtimiz Azizbek G‘aniev ham ishtirok etdi. 

Tecno

Forum doirasida JBKA prezidenti Rossiya federatsiyasi sport vaziri Mixail Degtyarev, Belarus sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk, Qozog‘iston turizm va sport vaziri Erbol Myrzabosynov hamda Turkiya sport vaziri Osman Ashkin Bak  bilan belbog‘li kurashni mazkur davlatlarda ham rivojlantirishga oid hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazdi.

Shuningdek, JBKA prezidenti Butunjahon etnosport konfederatsiyasi prezidenti Najmiddin Bilol Erdog‘an bilan uchrashib, belbog‘li kurash sport turini etnosport orqali ham qit’alararo yanada keng rivojlantirish borasida fikr almashishdi. 

Ta’kidlash joiz, milliy sport turimiz bo‘lgan belbog‘li kurash 2024 yili  Butunjahon etnosport tarkibiga kiritilgan va JBKA prezidenti Azizbek G‘aniev Butunjahon etnosport konfedratsiyasining rasmiy kengash a’zosi hisoblanadi. 
Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!