
Jasur Yaxshiboev xorijda e’tirof etildi
Belarusning "Energetik-BGU" klubida faoliyat olib borayotgan Jasur Yaxshiboev jamoasida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada Yaxshiboev 40.7 foiz ovoz bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi pog‘onada Aleksey Nosko 26.7%, kuchli uchlikni Jeremi Mavatu va Evgeniy Yudchits 13,9% ovoz bilan yakunlashgan.
Fikrlar