
Jasur Yaxshiboev nega qit’amizning eng kuchli ligasi taklifini rad etgan?
Bugun saytimizda Belarus chempionatida o‘zini ko‘rsatayotgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev borasida maqola chop etildi. Unda Yaxshiboev ushbu mamlakat jamoasiga o‘tishidan oldin Osiyo qit’asining eng kuchli ligalaridan biri Janubiy Koreya chempionati klublaridan tushgan taklifni rad etgani ma’lum qilindi.
Jasur Yaxshiboev yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zini ko‘rsatgan do‘stlari kabi qit’amiz jamoalari e’tiboriga tushdi. Unga Janubiy Koreyadan aniq takliflar bo‘ldi. Ularga yosh futbolchi rad javobini berdi.
“Men Evropani tanladim, chunki bu boshqa daraja”, degan edi Jasur Yaxshiboev belaruslik jurnalistlarga.
“Paxtakor” Yaxshiboevni Evropaga transfer qilishga tayyorlansin
Oradan o‘tgan qisqa vaqt Jasur Yaxshiboev tutgan yo‘l to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Hozir unga boshqa mamlakatlardan qiziqish bo‘lmoqda. Pandemiya sabab boshqa ligalar to‘xtatilmaganida balki hamyurtimizning o‘yini ko‘zga tashlanmasligi ham mumkin edi. Lekin yuzaga kelgan vaziyat futbolchimiz foydasiga ishladi va u hozir Evropada tanilib bormoqda.
Fikrlar