
Janubiy Koreya. Zoteevning jamoasi mag‘lubiyatsiz odimlamoqda (video)
Bugun Janubiy Koreya K2 ligasida 4-tur o‘yinlari start oldi. Hamyurtimiz Oleg Zoteev faoliyat olib boradigan "Chonnam Dregonz" jamoasi bu tur safarda "Puchxon" klubiga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Zoteev odatdagidek 90 daqiqa davomida maydonda faol harakat qildi. Bugungi natijadan so‘ng "ajdarlar" hisobidagi ochkolar soni 6 taga etdi va jamoa mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirgan holda turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar