
Jaloliddin Masharipov Portugaliyaga boradi
Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni Portugaliyada boshlaydi.
"Ar Riyod" nashrining xabariga ko‘ra, legionerimiz Jaloliddin Masharipov 3 iyul kuni jamoa yig‘iniga borib qo‘shiladi. Avvalroq, Masharipov klubini o‘zgartirishi haqida ham xabarlar chiqqandi.
Ma’lumot uchun, Masharipovning riyodliklar bilan yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnomasi bor.
Fikrlar