
Jaloliddin Masharipov OChLda eng yuqori ball oldi va ramziy jamoaga kiritildi (Foto)
Saudiya Arabistonining "Al Nassr" jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi chorak finalida BAAning "Al Vahda" klubi bilan bellashdi. Uchrashuvda Jaloliddin Masharipov jamoasi 5:1 hisobida zafar quchdi.
O‘yinda hamyurtimiz 2 ta gol urdi va bitta golga assistni amalga oshirdi. Shu bois Masharipov OChL chorak finalining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Shuningdek, mazkur bosqich ramziy terma jamoadan joy oldi. E’tiborlisi, Jaloliddin chorak finalda eng yuqori ball to‘plagan futbolchi bo‘ldi.
Fikrlar