
Jaloliddin Masharipov: OChL o‘yinlari Superliga bahslariga nisbatan oson kechadi
"OChL o‘yinlari uchun boshqacha tayyorgarlik ko‘ramiz. Biz uchun OChL o‘yinlari Superliga bahslariga nisbatan osonroq kechadi. Birinchi bo‘limda ob-havo va muxlislar u qadar ko‘p kelmagani sabab o‘yinmiz biroz o‘xshamadi. "Paxtakor"da g‘oliblik ruhi bor va mana shunday muhim o‘yinlarda o‘zini ko‘rsata oladigan jamoadir.
Muhim o‘yin oldidan turganimizni bilar edik. Shu bois qo‘ldan kelgancha harakat qilib, chiroyli o‘yinimiz bilan muxlislarni xursand etdik.
Issiq ob-havoda o‘ynash qiyin. Saudiya Arabistonidagi o‘yin biz uchun final desa ham bo‘ladi. U erda kamida durang bilan qaytish vazifasi qo‘yilgan. Xudo xohlasa, g‘alaba qozonib, O‘zbekistonga yorug‘ yuz bilan kelamiz", - deb Masharipovning so‘zlarini keltirib o‘tdi SPORTS.uz sayti muxbiri Shahzod Xolboev.
Fikrlar