Jaloliddin Masharipov: "Chempion bo‘lishni istasang, "Paxtakor"da o‘yna"

  • 7 noyabr, 2022, 23:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 25-turi doirasida "Paxtakor" o‘z maydonida "Qizilqum"ni yirik 6:0 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalida peshqadamga aylandi. Mavsum yakuniga bir tur qolganda birinchi o‘rinda borayotgan "Nasaf" "Neftchi"ga imkoniyatni boy berdi va turnir jadvalida pastladi.

Tecno

"Sherlar" sobiq yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov mazkur turdan so‘ng "Instagram"dagi sahifasida quyidagicha yozib qoldirdi.

"Futbolda oddiy bir qoida bor. Chempion bo‘lishni xohlasang, "Paxtakor"da o‘yna. Do‘stim Farruh Sayfiev sen meni tushunding", - deya yozib qoldirdi Masharipov.

Eslatib o‘tamiz, Jaloliddin 2020 yil toshkentliklar safidan Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubiga ko‘chib o‘tgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!