
Jahon chempioni "Barselona"dan ketmoqchi emas
"Barselona" himoyachisi Samyuel Umtiti yozda Kataloniya klubi tarkibini tark etmoqchi emas.
Klub rahbariyati 26 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasi vaqtida sotib yubormoqchiligi haqida xabar berilgan edi. Biroq frantsiyalik futbolchi jarohatidan qutulib, yangi mavsumda asosiy tarkibga kirish uchun kurashishga tayyor.
"Barsa" bilan shartnomasi 2023 yil iyunida yakuniga etadigan frantsiyalik futbolchi La Liganing ortda qolgan mavsumi mobaynida 13 o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar