
Isroil Madrimov va Shahram G‘iyosov ishtirokidagi janglar Sport TV kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi
Xabaringiz bor, professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan ikki bokschimiz Shahram G‘iyosov hamda Isroil Madrimovlar bir necha kunlardan so‘ng, navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Jumladan, 15 avgust (Toshkent vaqti bilan 16 avgust erta tong) kuni AQShning Oklaxoma shtati Talsa shahrida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida Shahram meksikalik Fransisko Roxoga qarshi ringga ko‘tarilsa, Isroil Madrimovga mezbonlar vakili Erik Uoker raqiblik qiladi. Quvonarlisi, mazkur yurtdoshlarimiz ishtirokidagi janglarni 16 avgust erta tong 05:00 dan boshlab, Sport TV kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin.
Bu borada Sport TV kanalining ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qilingan.
Fikrlar