
Ispanlar bir kechada Mamardashvilining imkoniyatlarini yo‘qqa chiqarib yuborishdi
Ispaniya "Evro-2024"ning nimchorak finalida Gruziyaga qarshi maydonga tushib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yinda Rodri, Ruis, Uilyams va Olmolar bittadan gol urishdi. Bu esa Mamardashvili uchun katta zarbadir.
23 yoshli gruziyalik ushbu turnirda eng ko‘p seyv amalga oshirgan darvozabon hisoblanadi. U Portugaliyaga qarshi uchrashuvda penaltini ham qaytarishga muvaffaq bo‘lgandi. Shunday ekan posbon "Evro-2024"ning eng yaxshi darvozaboni bo‘lish uchun katta nomzodlardan biri edi. 4 ta goldan keyin Mamardashvilining bu sovrinni qo‘lga kiritishi qiyini masala.
Garchi Gruziya yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa ham, darvozabon o‘yin davomida 9 ta seyv amalga oshirdi. Ammo bu etarli bo‘lgani yo‘q.
Georgiyga ayni paytda top klublardan qiziqishlar paydo bo‘lgan. Uning o‘zi ham "Valensiya"ni tark etishi niyatida Klub esa 23 yoshli posbonni 35-40 million evroga sotishni rejalashtirgan.
Fikrlar