
Ispaniya terma jamoasi o‘z maydonida o‘tkazilgan so‘nggi 7 ta bahsda raqiblari darvozasiga javobsiz 30 ta gol urdi
Ispaniya terma jamoasi kecha UEFA Millatlar ligasining 6-turida o‘z maydonida Germaniya ustidan 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, “qizil furiya” o‘z maydonida o‘tkazgan oxirgi 7 ta o‘yinda raqiblariga 30 ta gol urdi va o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Luis Enrike boshqaruvidagi jamoa so‘nggi 7 ta uy o‘yinida 7:0 (Malta), 6:0 (Germaniya), 5:0 (Ruminiya), 4:0 (Ukraina, Farer orollari), 3:0 (Shvetsiya) va 1:0 (Shveytsariya) hisobida g‘alaba qozongan.
Fikrlar