
Islom To‘xtaxo‘jaev va Oleg Zoteev "Bunyodkor"da shug‘ullanmoqda. O‘tgan mavsum "Navbahor"da o‘ynagan futbolchi ham "qaldirg‘ochlar" bilan
Marat Miftaxuddinov murabbiyligidagi «Bunyodkor» bugun akademiyaning yopiq zalida jismoniy tayyorgarlikka asoslangan mashg‘ulotlarni o‘tkazdi. Aytish kerak, mashg‘ulotlarda 37 nafar futbolchi ishtirok etdi. Futbolchilardan faqatgina Suhrob Izzatov jarohati sababli, yakka tartibda shug‘ullandi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoaga «Bunyodkor»ga begona bo‘lmagan Javlon Ibrohimov va «Oq-tepa»dan Ibrohim Tomiva kelib qo‘shildi. Shuningdek, Janubiy Koreya va Xitoy klublarida to‘p tepadigan Islom To‘xtaxo‘jaev va Oleg Zoteev jamoalariga qo‘shilishdan avval jismoniy holatini bir maromda ushlab turish uchun «qaldirg‘ochlar» safida shug‘ullanmoqda. Jamoa yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida ertaga Pro liga vakili «Oq-tepa»ga qarshi maydonga chiqadi.
Bugungi mashg‘ulotlarda quyidagi futbolchilar ishtirok etdi: Lutfulla To‘raev, Shahboz Erkinov, Anvar G‘ofurov, Rasul Yo‘ldoshev, Ibrohim Ibragimov, Ulug‘bek Abdullaev, Abdulla Abdullaev, Valeriy Akopov, Muhammadodil Qahramonov, Nurillo To‘xtasinov, Xurshid G‘iyosov, Mirjahon Mirahmadov, Farrux Ikromov, Suhrob Izzatov, Saidmahmudxon G‘ulomov, Boburbek Farhodov, Aram Markaryan, G‘ayrat Azizxo‘jaev, Abdulaziz Abdusalomov, Nozimxon Rustamov, Diyorbek Rahimqulov, Xurshid Ubaydullaev, Sarvar Karimov, Akobir Qayumov, Sunnatilla Abdullajonov («Qizilqum»), Odiljon Abdurahmonov («Alay», Qirg‘iziston), Javlon Ibrohimov («Navbahor»), Bahodir Abduvaliev («Paxtakor»), Muhammadali G‘iyosov («Buxoro»), Muhammadqodir Hamraliev («Dinamo»), Humoyun Sherbo‘taev («Paxtakor»), Bahodir Daminov («Yashnobod»), Shamsiddin Sa’dullaev («Sho‘rtan»), Ibrohim Tomiva («Oq-tepa»), Ravshan Yagudin («Oq-tepa»).
Fikrlar