
Iroq so‘nggi marta Yaponiya ustidan 42 yil oldin g‘alaba qozongan
Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Iroq - Yaponiya bahsi ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Shuningdek, iroqliklar ushbu g‘alaba orqali 42 yillik qora an’anasiga chek qo‘ydi.
Iroq so‘nggi marta Yaponiya ustidan 1982 yilda Osiyo o‘yinlari kubogida 1:0 hisobida zafar quchgan. Mazkur bahs haqida ma’lumotlarni topishning o‘zi ham qiyin, lekin uchrashuv chorak final bosqichi doirasida o‘tkazilgani aniq.
Shundan keyin bu jamoalar 9 marta to‘qnash kelgan bo‘lsa, "ko‘k samuraylar" shulardan 7 tasida g‘alaba qozonib, 2 tasida durang o‘ynagan. Umumiy o‘yinlar bo‘yicha Iroq Yaponiya ustidan o‘z tarixida 3-marta g‘alabani tantana qildi.
Tarix yozishda davom etayotgan Xesus Kasas shogirdlari Osiyo kubogida pley-offga ham chiqishga ulgurdi. hatto ular birinchi o‘rin bilan guruhdan chiqishi mumkin.
Fikrlar