"Inter"ning sobiq futbolchisi butsalarini mixga ildi

  • 1 iyul, 2021, 15:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik yarim himoyachi Borxa Valero 36 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda uning o‘zi instagramdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Tecno

“Futbol o‘ynashni tugatish payti keldi. Barcha sobiq jamoalarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Shuningdek, sobiq murabbiylarim va jamoadoshlarimga ham alohida rahmat. Sizlarsiz men muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lardim. Menga ko‘ngil qo‘ygan va qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat”, - dedi futbolchi.

Borxa o‘tgan mavsum “Fiorentina” safida 20 ta o‘yinda ishtirok etdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Valero faoliyati davomida “Fiorentina”dan tashqari “Malorka”, “Vest Bromvich”, “Vilyarreal” va “Inter” kabi klublarda o‘ynagan. Ispaniya terma jamoasi safida 1 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!