
"Inter"ning 7 ta futbolchisi Evropa ligasining ramziy terma jamoasidan joy oldi (FOTO)
UEFA matbuot xizmati joriy hafta bo‘lib o‘tgan Evropa ligasi natijalariga ko‘ra eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ushbu jamoaga “Inter”dan 7 ta, “Sevilya”dan 3 ta va “Manchester Yunayted”dan 1 ta futbolchi kiritilgan.
Musobaqa finali 21 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Unda “Inter” va “Sevilya” o‘zaro kuch sinashadi.
Darvozabon: Samir Xandanovich ("Inter");
Himoyachilar: Serxio Regilon ("Sevilya"), Stefan de Vrey ("Inter"), Danilo D’Ambrozio ("Inter");
Yarim himoyachilar: Suso ("Sevilya"), Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted"), Martselo Brozovich ("Inter"), Nikolo Barella ("Inter"), Xesus Navas ("Sevilya");
Hujumchilar: Lautaro Martines ("Inter"), Romelu Lukaku ("Inter").
Fikrlar