
"Inter" Sanchesning ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishdi
"Manchester Yunayted" klubi forvardi Aleksis Sanches tez orada faoliyatini Milanning "Inter" klubida davom ettiradi. Bu haqda italyan nashrlari xabar tarqatishmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “neradzurrilar” 30 yoshli chililik futbolchini bir yilga ijaraga olish bo‘yicha “qizil iblislar” bilan kelishuvga erishishgan. Ta’kidlash kerakki, kelishuvga ko‘ra “Inter” ijara muddati yakunlangach Sanchesni 15 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
E’tiborlisi, MYu Sanches garchi “Inter”ga ketgani bilan uning maoshining bir qismini to‘lashda davom etadi. Aytish lozimki, uning yillik maoshi 28 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Aleksis Sanches “Manchester Yunayted”da 2018 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 45ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol hamda 9ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar