"Inter" Konte o‘rniga murabbiy topib qo‘ydi

  • 12 avgust, 2020, 10:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" rahbariyati "Portu" bosh murabbiyi Serjiu Konseysauni jamoaga olib kelmoqchi. Bu haqda A Bola nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “neradzurrilar” mavsum yakunlangach, amaldagi bosh murabbiy Antonio Konte o‘rniga aynan portugaliyalik mutaxassisni olib kelmoqchi. Ammo Konseysauni "Portu"dan shunchaki olib qo‘yish imkonsiz. Boisi, Portugaliya chempioni uning tovon puli uchun 20 million evro talab qilmoqda.

A Seriyada ikkinchi o‘rinni egallagan “Inter” ayni damda Evropa ligasida kurashni davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!