
Insayd! "Buxoro"da O‘zbekiston U-20 terma jamoamiz futbolchisi ko‘rikdan o‘tmoqda. Yana yangilar tarkibga jalb etilgan!
Superliga birinchi davra o‘yinlari yakuniga etdi. Jamoalar hozir kichik tanaffusda va transferlar orqali tarkibni kuchaytirish payida bo‘lib turibdi.
"Buxoro" klubi ikkinchi davra starti oldidan tarkibda bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urmoqda.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, jamoa safida O‘zbekiston U-20 terma jamoasi himoyachisi Diyor Ortiqboev va "Metallurg" vakili Asilbek Qayumov ko‘rikdan o‘tmoqda. Ortiqboev "Paxtakor"dan ijaraga olinayotgani aytilmoqda. Yana bir qancha futbolchilar safga kelib qo‘shilishi kutilmoqda.
Qayd etish lozim, Qayumov bugun "Xo‘jand"ga qarshi bahsda gol urishga ham muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar