
Indzagi sharmandali mag‘lubiyat va kelajagi haqida gapirdi!
Chempionlar ligasi finalida "Inter" katta hisobda — 0:5 hisobida PSJga yutqazdi. Uchrashuvdan so‘ng "nerazzurriliklar" bosh murabbiyi Simone Indzagi shunday dedi:
"Men bu bolalardan faxrlanaman. Bugun biz haqli ravishda g‘alaba qozongan jamoaga qarshi o‘ynadik. Ular ehtimol, bizdan kuchliroq. Biz o‘yinga yomon kirdik, tezda gollar o‘tkazib yubordik. Keyin esa juda ochiq o‘ynay boshladik va PSJga osonlikcha imkoniyat yaratib berdik. Biz bunday gollarni bugungacha hech qachon o‘tkazmagan edik.
Bu og‘riqli mag‘lubiyat biz butun mavsum davomida qilgan ishlarni inkor qilmaydi. Biz yaxshiroq ishlashimiz kerak edi, avvalo men o‘zim. Ha, titulsiz qoldik, lekin bu hayot. Jamoaga e’tirof bildirish kerak".
Kelajagi haqida:
"Yaqin kunlarda klub bilan fikr almashamiz. Hozir haddan tashqari qayg‘uli vaqt. Qaror qabul qilishga vaqt bo‘ladi. Klub doimo biz bilan — ular ham bu paytda alamni his qilmoqda" - deya ta’rif berib o‘tdi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar