Ilyos Zeytullaev: "Dinamo" doim tomoshabop o‘ynaydi"

  • 15 sentabr, 2024, 00:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 18-turidan o‘rin olgan “Dinamo” - “Bunyodkor” (2:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Og‘ir o‘yin o‘tkazdik. Yigitlar jamoamizning ayni damdagi holatini tushungan holda harakat qilishdi. Juda emotsional uchrashuv guvohiga aylandik. G‘alaba biz uchun zarur edi, oldimizdagi vazifani uddalash uchun astoydil harakat qilyapmiz. Oldingi uchrashuvlarda bo‘lgani kabi bugun ham oson bo‘lmadi. Yigitlarga irodali o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman.

- “Dinamo” jamoasi ko‘rsatgan o‘yin haqida fikringiz?

- Albatta, “Dinamo” juda yaxshi shakllangan jamoa. Samarqandga kelib bu jamoadan ochko olib ketish oson emas. Klubda tajribali mutaxassislar ishlaydi, tarkibida kuchli o‘yinchilar bor. Kuchli futbol namoyish etadigan kurashuvchan jamoa. Bugungi o‘yin uchun har ikki jamoaga minnatdorchilik bildiraman. Muxlislar sevib tomosha qiladigan o‘yin namoyish etib berishdi. “Dinamo” doim tomoshabop o‘ynaydi, deydi Ilyos Zeytullaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!