
Ikrom Aliboev gol urgan o‘yinda "Seul" g‘alaba qozondi va OChL guruh bosqichiga yo‘l oldi (Foto)
Bugun OChL o‘tish o‘yinida Ikrom Aliboev to‘p tepayotgan "Seul" o‘z maydonida "Kedah" klubini qabul qildi.
Gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda koreyaliklar g‘alaba qozonishdi 4:1. Jamoaning oxirgi goliga hamyurtimiz Ikrom Aliboev mualliflik qildi.
Shu tariqa, "Seul" ushbu g‘alabadan so‘ng guruh bosqichiga yo‘l oldi.
OChL-2020 o‘tish o‘yini
"Seul" - "Kedah" 4:1
Gollar: Park Chu Yo‘ng 39, Park Dong Jin 49, Osmar 63, Ikrom Aliboev 90+2 - Osmar avtogol 52
Endi "Seul" "E" guruhini to‘ldiradigan bo‘ldi. Guruhdagi jamoalar bilan tanishing:
Fikrlar