
Ikkita penalti, qizil kartochka, toshbo‘ron va kambek yoxud "Paxtakor" Toshkentda "Navbahor"ni mag‘lub etdi
Superliganig 3-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin 2:1 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan yakun topdi.
Namanganliklarning yagona goli Temurxo‘ja Abduxoliqov nomiga qayd etildi. Mezbonlarning ikki golini Farrux Sayfiev va Dragan Cheran kiritdi. Shuningdek, Yovan Jokich uchrashuvda penaltidan unumli foydalana olmadi.
Shu tariqa, "sherlar" ochkolari sonini 3 taga etkazib oldi va jadvalda 9-o‘ringa chiqib oldi. "Navbahor" hisobida 6 ochko mavjud bo‘lib, klub jadvalda 2-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar