Ikki hujumchimiz "Top-5"da!

  • 4 mart, 2023, 23:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasi start olmoqda. Qo‘shni mamlakat chempionati ham har doim o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiborida bo‘lgan. O‘nlab hamyurtlarimiz Qozog‘iston chempionatida e’tiborga molik yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Tecno

2023 yilgi mavsumda o‘zbek futbol maktabining uch nafar tarbiyalanuvchisi Qozog‘iston Premer-ligasida to‘p tepadi. Ularning bari O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi ekanini alohida inobatga olish lozim.

Yangi mavsumda Igor Sergeev “Tobol”dagi faoliyatini davom ettirishga rozilik bergan. Belarus futbolida o‘zini ko‘rsata olgan Shahboz Umarov va Bobur Abduxoliqov birgalikda “Ordabasi”ga yordam beradi.

YsdlES2NUf8

Muhim jihati shundaki, legionerimizga katta ishonch bildirayotgan har ikki jamoa yangi mavsumda chempionlik uchun kurashishni maqsad qilgan.

Mavsum oldidan Qozog‘iston Premer-ligasining eng qimmatbaho futbolchilari beshligi e’lon qilindi.

Ta’kidlash joizki, bu yil ushbu mamlakatning yuqori divizionidagi 14 ta jamoa safida 31 ta mamlakatdan ketgan 143 nafar chet ellik o‘yinchi qatnashadi. Ular orasida eng ko‘p vakil Rossiyadan. Rus futbolchilaridan 24 nafari Qozog‘iston jamoalarida o‘ynashni ma’qul topdi.

Shuningdek, Belarusdan 17, Serbiyadan 12, Gruziyadan 10 nafar futbolchi omadini qozoq futbolida sinab ko‘radi.

Chempionatda uzoq o‘lkalardan kelgan charm to‘p ustalari bor. Xususan, Braziliyadan 9 nafar futbolchi kelgan. Afrika vakillaridan Kot-d’Ivuarning olti nafar o‘yinchisini ko‘rishimiz mumkin.

Bundan tashqari, Ukrainadan 8, Xorvatiyadan 5, Qirg‘izistondan 4, O‘zbekiston, Armaniston, Shimoliy Makedoniya, Litva, Kolumbiya, Chernogoriya, Bosniya va Gertsegovinadan 3 tadan, Frantsiya, Senegal, Moldova, Gvineya-Bisaudan ikki nafardan futbolchi bor. Turli qitxalardan yana 11 mamlakat bittadan vakilga ega.

Bular orasida eng qimmat futbolchi gambiyalik Dembo Darbo hisoblanadi. Transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world portalida 2,5 million evroga baholangan hujumchi premer-liganing eng qimmat o‘yinchisi mavqeini hamyurtimiz Igor Sergeevdan tortib oldi.

Eng qimmat o‘yinchilarning reytingi quyidagicha ko‘rinish olgan (Top-5):

  1. Dembo Darbo (“Astana”) — 2.5 million evro
  2. Igor Sergeev (“Tobol”) — 1.4 million evro
  3. Maks Ebong (“Astana”) — 1.2 million evro
  4. Bobur Abduxoliqov (“Ordabasi”) — 1 million evro
  5. Kamo Oganesyan (“Astana”) — 1 million evro.

Har ikki futbolchimiz ham o‘z jamoasining eng qimmat o‘yinchilari hisoblanadi. Qozog‘iston premer-ligasidagi uchinchi vakilimiz – Shahboz Umarovning o‘tgan yili yarim mavsum o‘yin amaliyotisiz qolib ketgani bois, uning transfer summasi pasaygan. Iste’dodli hujumkor futbolchimiz 400 ming evroga baholanyapti va ro‘yxatning to‘rtinchi o‘nligidan joy olgan.

63f9ebad12c2b (1)

Qozog‘iston chempionatini Bobur Abduxoliqov va Shahboz Umarov o‘ynayotgan “Ordabasi” jamoasi boshlab beradi. 4 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da shimkentliklar o‘z maydonida “Kaspiy” futbolchilarini qabul qiladi.

Igor Sergeevning “Tobol” jamoasi shu kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da o‘z maydonida “Aksu”ga qarshi saf tortadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!