Ibragimovich Pyontekni "Milan"dan ketishga majbur qildimi?

  • 7 yanvar, 2020, 21:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" forvardi Kshishtof Pyontek tez orada jamoadan ketadi. Bu haqda Sportmediaset nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 24 yoshli polshalik futbolchi jamoaga Zlatan Ibragimovich kelgach u bilan asosiy tarkib uchun bo‘ladigan kurashda yutib chiqa olmasligiga ishonmoqda va shu bois boshqa jamoaga ketishga qaror qilgan.

O‘z navbatida “rossonerilar” ham uni qo‘yib yuborishga tayyor. Milanliklar uni 32 mln evroga baholashmoqda.

Pyontek uchun "Vest Xem", "Bayer", "Aston Villa", "Roma", "Kristal Pelas", "Jenoa" va "Tottenxem" klublari kurash olib borishmoqda. Biroq, ular orasida “bolg‘achilar”ning imkoniyati yuqori baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!