
Ibragimovich: "Angliyaga urgan golim- mana bu haqiqiy qasos edi"
Zlatan Ibragimovich Angliya milliy terma jamoasi darvozasiga chalqancha usulda kiritgan gol urgani haqida gapirdi.
– Xotira kitobingizda o‘yiningizni his-tuyg‘ular, ba’zan g‘azab uyg‘otganini yozgansiz. Eng shirin qasos nima edi?
- Qasos turli shakllarda bo‘ladi. Masalan, Angliyaga qarshi gol. Ingliz matbuoti har doim menga hujum qildi. "Sen o‘zingni yaxshi deb o‘ylaysan. Lekin aslida unday emassan".
Keyin o‘sha mashxur golni urdim. O‘sha paytda o‘zimni juda yaxshi his qildim! Men ularni o‘z so‘zlarimni eshitishga majbur qildim. Bu yoqimli tuyg‘u edi", - dedi shvetsiyalik sobiq forvard.
Fikrlar