Husanovsiz bo‘lmaydi! “Manchester Siti” sardori himoyani tanqid qildi

  • 27 oktabr, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov klublar miqyosida “Manchester Siti” sharafini himoya qilayotgani bois, sports.uz portali ushbu klubga oid yangilik, xabar va ma’lumotlarni o‘quvchilar e’tiboriga havola qiladi.

Tecno

Angliya Premer-ligasining to‘qqizinchi turida “Manchester Siti” safar uchrashuvida “Aston Villa”ga kichik hisobda yutqazib qo‘ydi va musobaqa jadvalida kuchli to‘rtlikdan chiqib ketdi.

“Aston Villa” futbolchisi Metti Keshning yagona goli “Manchester Siti”ning to‘qqizta uchrashuvni tashkil qilgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi.

Ushbu bahsdan keyin Xosep Gvardiola jamoasining o‘yinidan qoniqish hosil qilganini aytgan bo‘lsa-da, jamoa sardori Bernardu Silva himoyachilarga jiddiy  e’tiroz bildirdi.

- Biz to‘pni yaxshi nazorat qildik, deyishim mumkin. Garchi o‘zimiz yaratgan xavfli vaziyatlardan foydalana olmagan bo‘lsak-da, hujumkorlik borasida juda zo‘r harakatlarni amalga oshirdik.

Raqibni chuqur himoyalanishga majbur qila oldik, ayrim vaziyatlarda ular qattiq qaynalib qolgan holatlar ham bo‘ldi.

Boshqa tomondan himoyada rasvo o‘ynadik. Ayniqsa, pressingimiz juda yomon chiqdi, har bir to‘pga ikki soniya kech qoldik.

Hujumda qanchalik zo‘r o‘ynamang, agar pressingda tartib bo‘lmasa, qarshi hujumlar qurboni bo‘laverasiz. Biz pressingimiz o‘xshamagan payt yaxshi o‘ynay olmayotganimiz ayni haqiqat.

Qolaversa, raqib ham zo‘r o‘yinchilari bor va Evropa Chempionlar ligasi darajasidagi juda yaxshi jamoa. Lekin men baribir ham bu bahsda himoyaviy o‘yinimiz o‘xshamadi, degan fikrda qolaman, - dedi jamoa sardor Bernardu Silva  Daily Mirror nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov jarohat olganidan beri “Manchester Siti” himoya chizig‘ida tezkor himoyachining yo‘qligi sezilab qolyapti. 21 yoshli legionerimiz mashg‘ulotlarga kirishgan va tez orada yana maydonga qaytishi kutilyapti.

Gvardiola: Yanvarda ketaver!

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yil boshida jamoaga Abduqodir Husanovning kelishi bilan boshlangan avlodlar almashinuvi jarayonini to‘xtatmoqchi emas.

Yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida jamoa tarkibida yana o‘zgarishlar bo‘ladi. Ketadiganlar ro‘yxatining yuqori qismida Mateo Kovachich nomi ko‘rsatilgan.

Bir necha manbalarning yozishicha, Xosep Gvardiola tajribali yarim himoyachiga yanvarda ko‘chib o‘tish uchun o‘ziga boshqa jamoa topishini aytgan.

Angliya Premer-ligasining o‘zida “Aston Villa” va “Vest Xem” tarkibini Kovachich yordamida kuchaytirishga tayyorligi aytilmoqda.

Avvalroq, Italiya chempionati etakchilaridan “Milan” ham xorvatiyalik yarim himoyachini nishonga olgani va Kovachichni A Seriyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirish vazifasini uning terma jamoadagi do‘sti Luka Modrichga topshirgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

“Dinamo Zagreb” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan 31 yoshli Mateo Kovachich 2023 yili “Manchester Siti”ga kelgunga qadar Italiyada “Inter”, Ispaniyada “Real” va Angliyada “Chelsi” klublari sharafini himoya qilgan.

Ayni paytda 20 million evroga baholanayotgan tajribali pleymeykerning “shaharliklar” bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan.

Gvardiola olis o‘lkalardan noyob iste’dod egasini topdi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Janubiy Amerika futbolidagi iste’dod egasini Angliya premer-ligasiga olib kelishni rejalashtiryapti.

Asli boliviyalik bo‘lgan Gabriel Vilyamil bugungi kunda Ekvadorning “LDU Kito” klubida faoliyat ko‘rsatmoqda. 24 yoshli futbolchining o‘yini “Manchester Siti” skautlari va shaxsan Xlsep Gvardiolaning e’tiborini tortgani aytilmoqda.

Gabrielning o‘zi ham Evropa futbolida unga imkon berilishini kutib yashamoqda.

Vilyamil 2018-2023 yillar davomida o‘z yurtida “Bolivar” jamoasi sharafini himoya qilgan va ikki bor Boliviya chempionligiga sazovor bo‘lgan.

Keyin “LDU Kito” jamoasi safiga qo‘shilgan bu futbolchi jismoniy ko‘rsatkichlari, o‘yin olib borish usuli va himoyalanish qobiliyati bilan mutaxassis va murabbiylar nazariga tushdi.  

Mahoratli yarim himoyachi Boliviya terma jamoasi safida 17 ta uchrashuvda ishtirok etgan. “Manchester Siti” bu o‘yinchi bo‘yicha hali rasmiy taklif yuborgani yo‘q. Transfer bo‘yicha ekspertlar “shaharliklar” bu savdoni yozga mo‘ljallayotganini ta’kidlayapti.

Yana qancha gol kerak? Shomurodov endi haqiqiy to‘purarligini isbotlayapti...

Shomurodov to‘purarlar poygasida: Raqiblar kim, hujumchimiz nechani o‘rinda bormoqda?

Kutilmagan burilish: Husanov jiddiy sinovdan o‘tyapti

Husanov haqidagi xushxabarga qanday reaktsiya bo‘ldi?

Husanov haqida so‘nggi ma’lumot!

Mbappe Shomurodovning o‘yinlarini kuzatyaptimi?

“Manchester Siti”ning Husanov bo‘yicha yakuniy qarori ma’lum bo‘ldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!