Husanovning o‘rnini tortib olgan futbolchiga xushxabar aytishdi

  • 7 aprel, 08:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Siti”ning 20 yoshli tarbiyalanuvchisi Niko O'Rayli “Bornmut”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Abduqodir Husanovning o‘rnini maydonga tushganidan keyin o‘ziga berilgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalanib qoldi.

O‘sha o‘yinda ikkita golli pas uzatib, “shaharliklar”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan Niko “Lester” va “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘tkazilgan bellashuvlarda ilk daqiqalardan o‘ynadi. Husanov esa, birinchi bahsda qaydnomaga kiritilmadi, keyingisida zaxirada qoldi.

“Manchester Siti” rahbariyati yangi yulduzchaga xushxabar aytdi.  SunSport nashrining yozishicha, “shaharliklar” O'Rayliga yangi shartnoma berishga qaror qilgan va futbolchining vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

 Agar tomonlar kelisha olsa, iqtidorli o‘yinchiga besh yillik shartnoma beriladi. Niko O'Rayli hozirga qadar “Manchester Siti”ning asosiy jamoasida 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol va ikkita assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Баха 72
07/04/2025 09:41
Хусанов тамом захира уйинчиси. Бизни узбеклар шундай кутар- кутар килиб осмонга кутариб ташлаб юборади. Уша блогер журналист Энди йук улар Энди томошабин.
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
07/04/2025 09:35
Xusanov zaxira o‘yinchisi bo‘lib qoldi shekilli
Ulugbek Abdullayev
07/04/2025 12:02
Эртак тамомми?
Rest Lover
07/04/2025 10:09
Иккаласи хам у́йнайди, позициялар ку́п, Хусанов эплайди