
Hozirgacha JCh-2022 yo‘llanmani qaysi terma jamoalar qo‘lga kiritdi?
Joriy yil Qatar mezbonligida o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanmani naqd qilgan terma jamoalar soni 17 taga etdi.
Bugun qit’adoshlarimiz – Yaponiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari ham mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Quyida bugungacha JCh-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan barcha terma jamoalar ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin:
1.Qatar
2.Germaniya
3.Daniya
4.Braziliya
5.Belgiya
6.Frantsiya
7.Xorvatiya
8.Ispaniya
9.Serbiya
10.Angliya
11.Shveytsariya
12.Niderlandiya
13.Argentina
14.Eron
15.Janubiy Koreya
16.Yaponiya
17.Saudiya Arabistoni
Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 ga qur’a tashlash marosimi 1 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar