
Hozircha "Qizilqum" "Turon"ga imkoniyat qoldirmayapti
Superliganing 13-turida "Qizilqum" jamoasi Yaypanda "Turon" mehmoni bo‘ladi.
Ushbu jamoalar Superliga doirasida o‘zaro 2 uchrashuvda maydonga tushishgan. Har ikkala o‘yinda ham navoiyliklarning qo‘li baland kelgan.
Birinchi uchrashuv 1:0 natijasi bilan yakunlangan bo‘lsa, ikkinchi uchrashuvda 2:1 hisobida "konchi"lar g‘alaba nashidasini surgan.
"Turon" va "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar tarixida gruziyalik futbolchi Elguja Grigalashvili 3 ta gol bilan to‘purar bo‘lib turibdi.
"Qizilqum" matbuot xizmati.
Fikrlar